5-aprel, juma kuni soat 12:30 da Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi poytaxtning Sergeli tumani Xonabod ko‘chasida joylashgan korxona hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar olganini ma’lum qildi.

Uni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 12:34 da yetib bordi. Oradan 7 daqiqa o‘tib yong‘in o‘rab olindi va 2 daqiqada o‘chirildi.

Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ochiq maydonda qurilish chiqindilar 20 kv metr maydonda yongan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.