24-yanvar kuni Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Soat 20:17 da FVBga tumanning “Shabbaz” ovulidagi To‘rtko‘l shox ko‘chasida joylashgan avtosalonida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:23 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:48 da o‘rab olingan va soat 21:08 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida avtosalonning 90 kvadrat metr maydonining tom qismi va bir dona BYD avtomobili yonib zararlangan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi xabarda.