Toshkent shahri Mirobod tumani Sarakul ko‘chasida joylashgan kafelarning birida 13-yanvar kuni soat 09:39 da yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV.

5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:44 da yetib borib, yong‘in soat 10:06 da o‘rab olingan va soat 10:35 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida kafe binosining taxminan 150−200 kv. metr maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.