2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda 91 mingdan ortiq yengil avtomobil (jumladan, maxsus) ishlab chiqarildi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

Bu 2023-yilning yanvar-mart oylariga (60 414 ta) nisbatan 50,7 foizga ko‘pdir. Ishlab chiqarishning asosiy qismi Chevrolet Cobalt`ga to‘g‘ri keldi — 28,3 mingdan ortiq avtomobil (+59,5%).

Lacetti/Gentra ishlab chiqarish 20,9 foizga kamaydi; shu yilning aprel oyida ushbu modelni ishlab chiqarish to‘xtatilishi rejalashtirilgandi.

Seriyali ishlab chiqarilishi 2023-yil fevral oyida boshlangan Onix`da ko‘rsatkich 559 dan 8338 donagacha, Tracker avtomobilida esa 1660 dan 12 205 gacha ko‘tarildi.

ADM Jizzakh zavodida KIA ishlab chiqarish 4980 (o‘sish 1,5 barobar), Chery — 2990 (o‘sish 3,5 marta)taga yetdi.

Haval ishlab chiqarish 205 dona, Exeed — 38 tani tashkil etdi.

Maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 6209 donadan 6317 donagacha oshdi.

2023-yilda UzAuto Motors 4,85 milliard dollarlik 369,99 ming dona avtomobil ishlab chiqarish bilan O‘zbekiston avtomobil bozoridagi 81 foiz ulushni egalladi. ADM Jizzakh 5,5% ni tashkil etdi, qolgan qismi importdan, jumladan, 291 million dollarlik 8948 BYD avtomobil importidan to‘g‘ri keldi.