9-fevral kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, soat 11:40 da Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan binoda qurilish materiallari yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 3 daqiqada voqea joyiga yetib borgan, yong‘in soat 11:51 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi xabarda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.