«yong‘in» tegli maqolalar


Qashqadaryoda “Jiguli” haydovchisi bilan birga yonib ketdi
3 may 2023, 10:27

Qashqadaryoda “Jiguli” haydovchisi bilan birga yonib ketdi

Qarshi tumanida “Jiguli” yonib ketdi. Haydovchi o‘rindig‘ida 22 yoshli yigitning jasadi borligi aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, marhumning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha ekspertizalar tayinlandi.

Toshkentda 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt yonib ketdi
2 may 2023, 11:33

Toshkentda 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt yonib ketdi

Yashnobod tumanida tunda 19 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Cobalt ag‘darilib, yonib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. YTH oqibatida u shifoxonaga yotqizildi.

Navoiydagi savdo markazida yong‘in chiqdi
10 aprel 2023, 09:29

Navoiydagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Karmana tumanidagi 3 qavatli qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 14 ta qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yong‘in qariyb 3 soatda bartaraf etildi.

Qamchiq dovonida YTH sabab kelib chiqqan yong‘in oqibatida haydovchi vafot etdi
6 aprel 2023, 14:54

Qamchiq dovonida YTH sabab kelib chiqqan yong‘in oqibatida haydovchi vafot etdi

6-aprel kuni Qamchiq dovonida yuk mashinasi va 3 ta yengil avtomobil to‘qnashib, 6 kishi jarohatlangandi. FVV haydovchilardan biri vafot etganini ma’lum qildi.

Toshkentdagi omborxonalardan birida yong‘in chiqdi
30 mart 2023, 15:43

Toshkentdagi omborxonalardan birida yong‘in chiqdi

Shayxontoxur tumanidagi plastmassa maxsulotlarini saqlash omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. FVV voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.

Sirdaryodagi o‘rmon xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetdi
9 mart 2023, 09:29

Sirdaryodagi o‘rmon xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetdi

Sirdaryo tumanidagi «Qolgansir» davlat o‘rmon ov xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Hodisaga fermerlarning sholidan bo‘shagan yerda o‘simlik qoldiqlarini yoqqani sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda paxta ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi
22 fevral 2023, 10:50

Qashqadaryoda paxta ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Ko‘kdala tumanida paxta ortilgan yuk avtomobili yonib ketdi. Avtomashinadagi yukning bir qismi yong‘indan saqlab qolindi. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar yo‘q.

Qoraqalpog‘istonda o‘t-cho‘plar qurigan maydonda yong‘in bo‘ldi
10 fevral 2023, 13:51

Qoraqalpog‘istonda o‘t-cho‘plar qurigan maydonda yong‘in bo‘ldi

To‘rtko‘l tumanida «Amudaryo» daryosi bo‘yidagi Xorazm viloyati bilan chegaradosh hududda qurigan o‘t-cho‘plarda yong‘in paydo bo‘lgan. Voqea sabab hech kim tan jarohatini olmagan va halok bo‘lmagan.

Afg‘oniston bilan chegaradagi neytral hududda qamishzorlar yoqib yuborildi
9 fevral 2023, 09:30

Afg‘oniston bilan chegaradagi neytral hududda qamishzorlar yoqib yuborildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasi neytral hududida joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda qamishzorlar yoqib yuborildi. Surxondaryo hokimligi ushbu tadbir rejaga muvofiq o‘tkazilganini ma’lum qilib, ortiqcha vahimaga berilmaslikni so‘radi. Biroq oldindan ogohlantirish bilan chiqmadi.

FVV Andijondagi uchta xonadonda portlash yuz berganini rad etdi
6 fevral 2023, 17:59

FVV Andijondagi uchta xonadonda portlash yuz berganini rad etdi

FVV Andijon tumandagi uchta xonadonda portlash sodir bo‘lganini inkor etib, faqat xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqqanini ma’lum qildi. Buning oqibatida uyning 50 kv. metr maydoniga zarar yetgan, jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Toshkentda Captiva yonib ketdi
1 fevral 2023, 09:47

Toshkentda Captiva yonib ketdi

Shayxontohur tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida to‘xtab turgan Captiva yonib ketdi. Oqibatda bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi. Hozirda yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Video: Qashqadaryoda savdo rastasi va bankomatda yong‘in sodir bo‘ldi
28 yanvar 2023, 09:56

Video: Qashqadaryoda savdo rastasi va bankomatda yong‘in sodir bo‘ldi

Qarshi shahridagi savdo rastasi hamda bankomatda yong‘in yuz berdi. Hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Farg‘onada homilador ayol mashina ichida o‘zini yoqib yubordi
25 yanvar 2023, 09:26

Farg‘onada homilador ayol mashina ichida o‘zini yoqib yubordi

Farg‘ona shahrida erini rashk qilgan homilador ayol mashina ichida o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi. Ayol hodisa joyida, chaqalog‘i esa shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Video: Andijondagi choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi
21 yanvar 2023, 17:13

Video: Andijondagi choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon tumanidagi choyxonada yong‘in kelib chiqdi. Oqibatda 70 kvadrat metr maydonda tom, shift va jihozlar yonib zararlandi.

Sirdaryodagi xonadonda gaz portlab, 2 kishi jarohatlandi
18 yanvar 2023, 18:10

Sirdaryodagi xonadonda gaz portlab, 2 kishi jarohatlandi

Boyovut tumanidagi uylarning birida gaz portlashi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa sabab 2 kishi jarohat olib, kasalxonaga yuborildi.

Xorazmda benzin tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi
18 yanvar 2023, 09:31

Xorazmda benzin tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi

Tuproqqal’a tumanidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida benzin tashuvchi MAN yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in deyarli 3 soat davom etgan. Uning oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi Xorazm viloyati FVB xabarida.

Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi
17 yanvar 2023, 12:07

Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi

Seshanba kuni ertalab Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi. Hech kim jarohat olmagan. Yong‘in yog‘ qizdirilgani ortidan yuz bergani taxmin qilinmoqda.

Andijonda uy ichidagi mashina bilan yonib ketdi
13 yanvar 2023, 10:20

Andijonda uy ichidagi mashina bilan yonib ketdi

Andijon tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda uyning shift, tom qismi va uy jihozlari hamda darvozaxonada bo‘lgan Damas yonib zararlandi. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Buxorodagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi
7 yanvar 2023, 09:22

Buxorodagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

G‘ijduvon tumanidagi savdo majmuasida yong‘in kelib chiqdi. 8 ta qutqaruv ekipaji 2,5 soat davomida yong‘inni o‘chirdi. Hodisa oqibatida majmuaning 250 kvadrat metr maydoni yondi.

Namanganda xonadon yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi
3 yanvar 2023, 11:38

Namanganda xonadon yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi

1 yanvar kuni tongda Kosonsoy tumanida xonadonlardan biri yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi. Tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting