Dushanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in videosi tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, yong‘in oqibatida uch kishi — 1995-yilda tug‘ilgan ayol va uning qizlari (2015 va 2018-yillar) halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.