Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Matiz transport vositasi yonib ketdi, deya xabar qildi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning 12-yanvar kuni Yunusobod tumani THAY-Yangi Yunusobod ko‘chalari chorrahasida soat 18:00 larda, haydovchi 1969-yilda tug‘ilgan I.B. boshqaruvidagi Matiz avtomobilida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani oqibatida, yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

Hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi xabarda.

Boshqarma barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘radi.