3-yanvar kuni soat 23:30 da Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga M-37 trassasida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar qildi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Hodisa taxminan yo‘lning Samarqand viloyatidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan.

yong‘in, йтҳ

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan Mercedes-Benz yuk mashinasi Turkiyadan Qozog‘istonga 21 tonna limon olib ketayotgan bo‘lgan. Shu payt haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtagan. So‘ngra boshqa bir Mercedes-Benz Astros yuk mashinasi uning orqasiga kirib ketgan.

yong‘in, йтҳ

Hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, yuk ortilgan mashina butunlay yonib ketgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Samarqand tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan YTH sabablarini aniqlash bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tayinlangan.