«yong‘in» tegli maqolalar


Andijonda uy yonib ketishi oqibatida 3 nafar bola halok bo‘ldi
23 dekabr 2022, 09:32

Andijonda uy yonib ketishi oqibatida 3 nafar bola halok bo‘ldi

Andijonda xonadon yonib ketishi oqibatida uy egasining 3 nafar voyaga yetmagan farzandi halok bo‘ldi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Toshkentdagi «Ilhom» teatrida yuzaga kelgan yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan
21 dekabr 2022, 18:39

Toshkentdagi «Ilhom» teatrida yuzaga kelgan yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan

Yong‘in xavfsizligi organlarining xulosasiga ko‘ra, Toshkentdagi «Ilhom» teatrida sodir bo‘lgan yong‘inga elektr simlarining eskirgani sababli yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Teatr yaqin vaqt ichida tiklash-ta’mirlash ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda.

Toshkentda Matiz yonib ketdi
14 dekabr 2022, 14:27

Toshkentda Matiz yonib ketdi

Olmazor tumanida harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi. Mashinadagi qisqa tutashuv o‘t chiqishiga sabab bo‘ldi.

Andijonda uyda yong‘in bo‘lishi oqibatida 63 yoshli fuqaro vafot etdi
13 dekabr 2022, 11:29

Andijonda uyda yong‘in bo‘lishi oqibatida 63 yoshli fuqaro vafot etdi

Andijon tumanida yashash xonadonlarining birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 63 yoshli fuqaro vafot etdi. Farzandi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqani aytilmoqda.

Toshkentdagi «Ilhom» teatrida yong‘in sodir bo‘ldi
12 dekabr 2022, 14:11

Toshkentdagi «Ilhom» teatrida yong‘in sodir bo‘ldi

Dushanba kuni erta tongda Shayxontohur tumanidagi «Ilhom» teatrining 1-qavatidagi ko‘rgazmalar zalida yong‘in chiqdi. Spektakllar kamida ikki haftaga qoldirildi.

Namanganda «gaz so‘rg‘ich»li qo‘lbola pech o‘rnatilgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi
11 dekabr 2022, 13:57

Namanganda «gaz so‘rg‘ich»li qo‘lbola pech o‘rnatilgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Namanganda xonadonlardan biri yarim tunda yonib ketdi. Oqibatda 2-guruh nogironi 95 foizlik kuyish jarohatini oldi. Yong‘in qo‘lbola tunika pechga «gaz so‘rg‘ich» o‘rnatilgani sababli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.

Toshkentda uydagi yong‘in oqibatida 2 kishi vafot etdi
6 dekabr 2022, 09:12

Toshkentda uydagi yong‘in oqibatida 2 kishi vafot etdi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 12 ta xonadondan iborat bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Uydan 9 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi, biroq 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xorazmda er-xotinga tegishli bo‘lgan mashinalar yonib ketdi
28 noyabr 2022, 11:08

Xorazmda er-xotinga tegishli bo‘lgan mashinalar yonib ketdi

Xorazm viloyati Urganch shahrida er-xotinga tegishli bo‘lgan Malibu va Hongqi T55 mashinalari yonib ketdi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilishi tugallanmagan IT-park binosida yong‘in chiqdi
23 noyabr 2022, 12:21

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilishi tugallanmagan IT-park binosida yong‘in chiqdi

Chorshanba kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilishi tugallanmagan IT-park binosining 21-qavatida penoplast qoldiqlari yonib ketib, 5 kv.m maydonni zararladi. FVB yong‘inni 10 daqiqada o‘chirdi. Voqeadan hech kim jarohat olmadi. Hozir uning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanyapti.

Andijonda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi
20 noyabr 2022, 23:09

Andijonda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon shahar 3-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni bartaraf etish uchun 12 ta ekipaj va 3 ta avtonarvon jalb etildi. Voqea joyiga viloyat hokimi bordi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda.

«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili yonib ketdi
18 noyabr 2022, 11:42

«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lida Volvo yuk avtomobilida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida jarohat olgan fuqarolar yo‘q.

Zangiotada «KamAZ» bilan to‘qnashgan Nexia-2 yonib ketdi
16 noyabr 2022, 11:11

Zangiotada «KamAZ» bilan to‘qnashgan Nexia-2 yonib ketdi

Toshkent viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida Nexia-2 «KamAZ» bilan to‘qnashdi. Zarb oqibatida Nexia-2 yonib ketdi.

Xatirchida bir nechta savdo do‘konlari yonib ketdi
9 noyabr 2022, 10:08

Xatirchida bir nechta savdo do‘konlari yonib ketdi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida bir nechta do‘konlar yonib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida do‘konlarning 120 kv.m maydoni zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Samarqandda Lada bilan to‘qnashgan yuk mashinasi yonib ketdi
31 oktabr 2022, 17:36

Samarqandda Lada bilan to‘qnashgan yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida Lada bilan to‘qnashgan yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Hodisa oqibatida yengil avtomobil haydovchisi shifoxonaga olib ketildi.

Yunusoboddagi do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
20 oktabr 2022, 11:52

Yunusoboddagi do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasida joylashgan do‘konlardan biri yonib ketdi. Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘q, deb xabar berdi FVV.

Jizzax viloyatida paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi
16 oktabr 2022, 11:08

Jizzax viloyatida paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi

Sharof Rashidov tumanida joylashgan Paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 ta g‘aramning ustki qismi yonib ketdi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Farg‘onada «Moskovich» somon ortilgan pritsepi bilan birga yonib ketdi
29 sentabr 2022, 17:50

Farg‘onada «Moskovich» somon ortilgan pritsepi bilan birga yonib ketdi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida «Moskovich» va unga ulangan pritsep 300 dona press somoni bilan yonib ketdi. Hodisa oqibatida avtomashina egasi kuyish jarohati oldi.

Qo‘qondagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
22 sentabr 2022, 10:12

Qo‘qondagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Qo‘qon shahridagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi. Uni bartaraf etish uchun 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, taxminan 300 kv.m maydonning tom qismi zararlangan.

Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus yonib ketdi
14 sentabr 2022, 10:15

Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus yonib ketdi

Mirzo Ulug‘bek va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida ketayotgan avtobusda ertalab yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib keldi va 3 daqiqada vaziyatni bartaraf etdi. Avtobusning, asosan, motor qismi yonib zararlangan.

Yangihayotdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi
13 sentabr 2022, 14:45

Yangihayotdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in kelib chiqdi. Oqibat uy jihozlari va uyning ichki qismining 30 kv. metr maydoniga zarar yetdi hamda bir nafar fuqaro halok bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting