25-yanvar kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi “Asaka” avtoturargohida tashkil etilgan kiyim-kechak bozorida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Yong‘in haqida boshqarmaga soat 23:30 da xabar berilgan. Ikki daqiqadan so‘ng voqea joyiga 10 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi yetib borgan. Keyinroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi ekipajlarning umumiy soni 20 tani tashkil etgani haqida xabar berdi.

Yong‘in soat 00:30 da o‘rab olinib, soat 1:53da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida 700−800 kvadrat metr maydon zarar ko‘rgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda sotuvchilar alanga fonida tovarlar yig‘ayotgani aks etgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, deb ta’kidladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.