«yong‘in» tegli maqolalar


Toshkentda avtobus yonib ketdi
13 noyabr 2023, 17:20

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Yangihayot tumanida “12-Avtobus saroyi”ga tegishli MAN avtobusi yonib ketdi. Hodisaga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
3 noyabr 2023, 12:36

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in ro‘y berdi. Uni o‘chirishga 1 soatdan ortiq vaqt sarflandi. Hodisa oqibatida fuqarolar jarohat olgani va halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushmadi, deyiladi FVV xabarida.

Shayxontohur tumanidagi Ecobozor savdo majmuasida yong‘in chiqdi
28 oktabr 2023, 10:00

Shayxontohur tumanidagi Ecobozor savdo majmuasida yong‘in chiqdi

Shanba tongida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan Ecobozor majmuasida yong‘in chiqib, bozorning tashqi devor qoplamasi va shu joydagi kafega zarar yetdi. FVV hech kim jarohat olmaganini ma’lum qildi.

Toshkentda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in sababli 20 kishi evakuatsiya qilindi
7 avgust 2023, 09:05

Toshkentda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in sababli 20 kishi evakuatsiya qilindi

Yakshanba kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirish jarayonida 20 nafar fuqaro xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi.

Toshkent shahridagi 50-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi
2 avgust 2023, 13:35

Toshkent shahridagi 50-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahri markazidagi 50-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi. Uning maydoni 10 kvadrat metrni tashkil etdi. Qurbonlar yo‘q, deb xabar berdi FVV.

Buxorodagi 23 ta savdo do‘koni yonib ketdi
1 avgust 2023, 09:19

Buxorodagi 23 ta savdo do‘koni yonib ketdi

Tunda Buxoro shahridagi ikki qavatli savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in sabab 15 ta do‘kon va majmua yaqinidagi bozorning 8 ta do‘koni yonib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Farg‘onadagi karaoke kafesida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
29 iyul 2023, 15:54

Farg‘onadagi karaoke kafesida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada 6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in bo‘yicha prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Achilboy Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasiga vafot etganlarning oilasi va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish hamda baxtsiz hodisani tekshirib, hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Farg‘ona shahrida kafe yondi: 6 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi shifoxonaga olib ketildi
29 iyul 2023, 14:34

Farg‘ona shahrida kafe yondi: 6 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi shifoxonaga olib ketildi

Farg‘ona shahridagi 4 qavatli bino yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. 7 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Prezident topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan Hukumat komissiyasi Farg‘onaga jo‘nab ketdi.

Qutqaruvchilar, harbiylar va ekologlar Chotqol qo‘riqxonasidagi yong‘inga qarshi kurashmoqda
11 iyul 2023, 18:39

Qutqaruvchilar, harbiylar va ekologlar Chotqol qo‘riqxonasidagi yong‘inga qarshi kurashmoqda

Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera rezervati hududida Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ekologiya vazirliklari tomonidan yong‘in o‘chirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 10 gektardan 20 gektargacha o‘rmonni tashkil etadi.

FVV va Mudofaa vazirliklari Toshkent viloyati tog‘laridagi yong‘inning oldini oldi (video)
9 iyul 2023, 17:51

FVV va Mudofaa vazirliklari Toshkent viloyati tog‘laridagi yong‘inning oldini oldi (video)

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida yuz berishi mumkin bo‘lgan yirik yong‘inning oldini oldi.

Toshkent viloyatidagi o‘rmonzorda sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha jinoiy ish ochildi
7 iyul 2023, 09:49

Toshkent viloyatidagi o‘rmonzorda sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Piskent tumanidagi “Toshkent” davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hodisa oqibatida zararlangan maydon 5,89 gektarni tashkil etgan.

Qo‘qondagi bozorda yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladigan bo‘ldi
14 iyun 2023, 09:31

Qo‘qondagi bozorda yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladigan bo‘ldi

Qo‘qon shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, qurilish ishlari uchun tadbirkorlardan pul olinmaydi. Barcha ishlar bozor ma’muriyati hisobidan amalga oshiriladi.

Qo‘qondagi bozorda sodir bo‘lgan yirik yong‘in 4 soatda o‘chirildi
13 iyun 2023, 09:51

Qo‘qondagi bozorda sodir bo‘lgan yirik yong‘in 4 soatda o‘chirildi

Qo‘qon shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida sodir bo‘lgan yong‘in 4 soatda bartaraf etildi. Hodisa oqibatida yuzdan ortiq tadbirkorning mol-mulklariga zarar yetgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qo‘qondagi yirik yong‘inga qarshi bir necha soatdan buyon kurashilmoqda
13 iyun 2023, 00:14

Qo‘qondagi yirik yong‘inga qarshi bir necha soatdan buyon kurashilmoqda

Qo‘qondagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida bir necha soatdan beri yong‘in davom etmoqda. Yong‘inni o‘chirishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Toshkent aeroporti yaqinida quruq o‘tlar yondi
10 iyun 2023, 01:01

Toshkent aeroporti yaqinida quruq o‘tlar yondi

Toshkent aeroporti chegarasi yaqinida quruq o‘tlar yondi. Yong‘in maydoni 300 kvadrat metrni tashkil etdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentdagi Yunusobod bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi
8 iyun 2023, 14:14

Toshkentdagi Yunusobod bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozori yaqinida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Surxondaryodagi savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi
31 may 2023, 12:35

Surxondaryodagi savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

31-may kuni tongda Sho‘rchi tumanidagi 2 qavatli aralash mollar savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida binoning 2-qavati yonib zararlandi. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Toshkent tumanida bir-biriga tutash uchta uy yonib ketdi
30 may 2023, 17:44

Toshkent tumanida bir-biriga tutash uchta uy yonib ketdi

Toshkent viloyatida uchta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 450 kvadrat metr maydonda tom va ichki jihozlar yonib zararlandi.

Toshkentda chiqindi moyni qayta ishlash zavodidagi yong‘inni o‘chirishga 8 ta ekipaj jalb qilindi
25 may 2023, 11:19

Toshkentda chiqindi moyni qayta ishlash zavodidagi yong‘inni o‘chirishga 8 ta ekipaj jalb qilindi

Toshkentdagi chiqindi moy mahsulotini qayta ishlash zavodida tunda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan. Qurbonlar yo‘q.

Qashqadaryoda uydagi yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
10 may 2023, 10:04

Qashqadaryoda uydagi yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Koson tumanidagi mahallarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida xonadon egasining turmush o‘rtog‘i kuyish tan jarohati olishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting