27-fevralga o‘tar kechasi Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Soat 00:13 da tumanning Sugalli ota ko‘chasida joylashgan, angar sifatida foydalanib kelinayotgan sexda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

angar, yong‘in, mebel цехи

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari hududga 4 daqiqada yetib borib, yong‘in soat 01:29 da o‘rab olingan va soat 05:52 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etildi, deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, 5 nafar ishchi yong‘indan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi. Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahri FVB boshlig‘i va o‘rinbosarlari, IIB, prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB, tuman FVB rahbar va xodimlari chiqqan.