2-fevral kuni Andijon shahri Iqbol mahallasidagi 39-ko‘pqavatli uyning 61-xonadonida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Shu kuni soat 18:13 da xonadonda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sababli yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:18 yetib borgan, yong‘in soat 18:21 da to‘liq qurshab olingan, soat 18:27 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, yana bir kishi jarohat olgan.

Vaziyat FVV raxbariyati tomonidan to‘liq nazoratga olindi, deyiladi xabarda.