10-may kuni soat taxminan 03:59 atrofida Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Yuqori Arabxona” mahallasidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan va u soat taxminan 04:30 atrofida to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida fuqaro B.L.ga tegishli xonadonning 28 metr kvadrat ichki va tom qismi zararlangan.
Xonadonning taxminan 150 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan. Sodir bo‘lgan yong‘indan 1 nafar fuqaro (xonadon egasining turmush o‘rtog‘i) kuyish tan jarohati olishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Hozirda holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.