3-noyabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Jarqo‘rg‘on 3-berk ko‘chasi 163-uyda joylashgan korxonada yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabar FVBga soat 10:40 da kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa ro‘y bergan hududga 5 daqiqada yetib borgan. Yong‘inni qurshab olishga salkam 40 daqiqa vaqt ketgan. Oradan yarim soat o‘tib, soat 11:54 yong‘in batamom o‘chirilgan. Keltirilgan zarar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Hodisa oqibatida fuqarolar jarohat olgani va halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushmadi, voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan, deyiladi xabarda.