Toshkent shahri Bektemir tumanidagi korxonada 25-may kuni yong‘in sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, soat 02:30 da tumanning “Mirishkor” MFY Chirchiqbo‘yi ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik subyektiga qarashli hududda chiqindi moy mahsulotini qayta ishlash vaqtida sig‘imning yorilib ketishi oqibatida yong‘in chiqqan.

Voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 02:32 da yetib borib, yong‘in soat 03:09 da o‘rab olingan va 03:16 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida 150 kv.m maydonda chiqindi moy mahsulotlari yongan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘qligi ma’lum qilindi.