6-avgust kuni soat 18:59 da Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Yong‘in tumanning “Beshkapa” MFY Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida bo‘lgan. FVB xodimlari hodisa joyiga soat 19:06 da yetib borgan va soat 19:25 da yong‘in o‘chirilgan.

Hodisani bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta yong‘in-qutqaruv otryadi bo‘linmasi jalb etilgan. 15 kvadart metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘inni o‘chirish jarayonida ushbu uy qavatlaridan 20 nafar fuqaro qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi xabarda.