Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida bir necha soatdan beri yong‘in davom etmoqda. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in haqida dushanba kuni soat 19:17 da kelib tushgan.

10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:25 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in o‘chirishga kirishgan.

Jabrlangan haqida ma’lumot yo‘q.

Soat 20:37 da FVV yong‘in qurshab olingani va uni to‘liq bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Soat 23:12 da vazirlik yong‘inni o‘chirish jarayoni aks etgan lavhalarni e’lon qildi.

Mahalliy Telegram-kanallar yong‘in hali to‘liq o‘chirilmagani haqida xabar bermoqda.