29-iyul kuni Farg‘ona shahridagi 4 qavatli binoning yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, shaharning “Mash’al” MFY Sayilgoh ko‘chasidagi yong‘in oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Yong‘inni o‘chiirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

Prezident topshirig‘iga asosan sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan va Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan.