Toshkent viloyati Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda FVV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 30-may kuni soat 13:59 da Toshkent viloyati Toshkent tumani “Abduraxmonov” MFYda joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:24 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da o‘rab olingan va soat 15:15 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 3 ta xonadonning taxminan 450 kvadrat metr maydonda tom va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani ma’lum qilingan.