Chorshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent markazidagi 50-maktabda sodir bo‘lgan yong‘in aks etgan video tarqaldi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ularga soat 11:43 da maktabning ikkinchi qavatida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushganini ma’lum qildi.

Voqea joyiga soat 11:49 da ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 11:52 da o‘rab olingan va soat 12:00 da to‘liq o‘chirilgan, deyiladi xabarda.

Yong‘in maydoni 10 kvadrat metrni tashkil etdi, ichki jihozlar yonib zararlangan. Qurbonlar yo‘q, deb xabar berdi FVV.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Yong‘in sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.