9-iyun kuni kechqurun Toshkent aeroporti chegarasi yaqinida quruq o‘tlar yonib ketdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Ўзбекистон Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati Mirobod tumanidagi Qushqo‘rg‘on mahallasi shu nomdagi ko‘chada soat 19:59 da 300 kvadrat metr maydonda yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi xabar kelib tushganini ma’lum qildi.

Воқеа joyiga yuborilgan 2 ta o‘t o‘chirish-qutqaruv guruhi 20:06 da yetib kelgan. Alanga 20:36 da o‘chirilgan.

Ёнғин oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda, yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.