Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qidiruvga berilganlar ro‘yxatiga kiritdi. “RIA Novosti” qidiruv bazasidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratdi.

Ukraina prezidenti qanday jinoiy ish bo‘yicha qidiruvga berilgani aytilmagan. Zelenskiy qancha vaqtdan beri qidiruvda ekani ham noma’lum.

владимир зеленский, россия иив, украина

Rossiya IIV, shuningdek, Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoni ham qidiruvga bergan.

владимир зеленский, россия иив, украина

Vladimir Zelenskiyda bo‘lgani kabi, uning ham qaysi modda bo‘yicha qidirilayotgani noma’lum.

2023-yil dekabrida Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovni qidiruvga bergandi. Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi Ukrainaning to‘rt nafar harbiy rahbari, jumladan, Kirill Budanovga nisbatan sirtdan terrorchilik harakatlari sodir etganlikda ayblov e’lon qilgandi.

Tergov qo‘mitasi ularni rus nishonlariga dronlar bilan hujum qilishda ishtirok etgan deb hisoblaydi. Bundan tashqari, Budanov Rossiyada terrorchilik jamiyatini yaratish, bir guruh shaxslar tomonidan terakt sodir etish, qurol va portlovchi moddalarni saqlashda ayblangan. Ushbu ayblovlar bo‘yicha Budanov 2023-yil aprel oyida sirtdan hibsga olingan.