31-may kuni soat 05:10 atrofida Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi “Bobotog‘” mahallasida joylashgan 2 qavatli aralash mollar savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Yong‘in oqibatida savdo do‘koni 2-qavatining 85 kvadrat metr maydonida shift qismi yonib zararlangan. Hodisa joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 05:14 da yetib borib, soat 05:19 da o‘rab olingan va 06:40 da o‘chirilgan.

Yong‘indan savdo do‘konining 1-qavati hamda 200 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.