8-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod dehqon bozorida binolar yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, yong‘in bozor hududida joylashgan do‘kon va dorixonada sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga soat 12:58 da 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 13:04 da o‘rab olingan va 13:09 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida do‘kon va dorixonaning taxminan 80 kvadrat metr maydoni zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.