Toshkent shahri Yangihayot tumanida 2023-yilning 13-noyabr kuni “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi MAN rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, avtobus 2022-yil ishlab chiqarilgan, tasarruf boshidan buyon 97 500 km masofani bosib o‘tgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in avtobus haydovchisi o‘rindig‘i orqasida joylashgan elektr simlarini birlashgan blok qismida qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. Avtobus kafolat muddatida tasarruf etilayotganligiini inobatga olib, yong‘inning aniq sababi avtobus ishlab chiqaruvchi zavod “TRUCK and BUS MOTORS” MCHJ mutaxassislari bilan birgalikda aniqlanmoqda.

Yong‘in qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 16:36 da yetib borib yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q.

Hozirda “Toshshahartransxizmat”ning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilayotgani ma’lum qilingan.

“Toshshahartransxizmat” munosabatida avtobusningyo‘nalish raqami haqida ma’lumot berilmagan.