Bolalar ombudsmaniga Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli qiz Shahrisabz tumanida 7 oy majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga yollangani haqida murojaat qilindi. Gumonlanuvchiga nisbatan odam savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari ketmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Qashqadaryoga tashrifi davomida Qarshi tumanidagi 12-maktabning kamchiliklariga e’tibor qaratdi va maktab qurilishi standartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
O‘zbekiston prezidenti tashrifidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Dehqonobod tumanlarida hokimlar almashtirildi.
O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik berilishi mumkin. Prezident fermerlarga klasterlarni ixtiyoriy tanlash va ortiqcha hosilni sotish huquqini berish masalasi muhokama qilinayotganini bildirdi. Shuningdek, u yaylovlar degradatsiyasi muammosiga to‘xtalib, uni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatdi.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida uch yil avval tuman hokimi, sobiq bosh vazir o‘rinbosari va sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri bilan qarama-qarshiliklarda bankrot yoqasiga kelib qolgan Sulton Tex Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.
Qashqadaryo viloyatida fermer 13 yil davomida noqonuniy ravishda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 282,7 mln so‘mni tashkil etdi. U 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, davlatga yetkazilgan zararni ham qoplaydi.
Muborak tumanida Isuzu avtobusining gaz balloni portlab, 4 kishi o‘rta og‘ir darajada jarohat oldi. Hodisa sababli hech kim halok bo‘lmagan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Qashqadaryoning Mirishkor tumanida bir erkak baliq ovlash vaqtida cho‘kib ketdi. Uning jasadi Sechanko‘l sun’iy suv omboridan topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Xitoyda JAC Motors kompaniyasi bilan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. U Xitoyning yana ikki avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan uchrashmoqchi.
Dehqonobod tumanida Qizil kitobga kiritilgan 753 tup tojik kavragining ildizi kovlanib, kesib tashlandi. O‘simlik dunyosiga jami 372 mln 735 ming so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida fuqaro uyida to‘qqizta bo‘z echkiemar va beshta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini qonunga xilof ravishda saqlayotgani, ulardan biri nobud bo‘lgani aniqlandi. Shuningdek, u ikki ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygan. Tabiatga yetkazilgan zarar salkam 51,5 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Tarmoqlarda prezident maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev yig‘ilishda hokimlar va suv xo‘jaligi rahbarlarini qo‘shib yozish va sug‘orish ishlari sifatsiz olib borilayotgani uchun tanqid qilgan video tarqaldi. U prokuraturaga Qashqadaryo viloyatining uchta tumani hokimlarini jinoiy javobgarlikka tortishni buyurdi.
Qashqadaryo viloyatida 3 nafar blogerga mayda bezorilik, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik va boshqa moddalar bo‘yicha 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Jamoatchilik buni “mantiqsiz va noqonuniy” deya atab, Oliy suddan asoslantirilgan izoh berishni so‘radi.
Qamashi tumanidagi bozorda IIO xodimlari O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi tasma taqqan yigitni qo‘lga oldi. U tasmani yechishdan bosh tortdi, shundan so‘ng yigit bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, sudga taqdim etish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.
Qashqadaryodagi yo‘llardan birining chetiga avariyaga uchragan avtomobil o‘rnatildi. O‘zbekiston IIV YHXBBning ma’lum qilishicha, bu yo‘llardagi baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi.
Qashqadaryoda ota va o‘gay onasi tomonidan kaltaklangan 14 yoshli qiz mahalla qaramog‘iga olinib, xavfsizligi ta’minlandi. Hozirda uni vasiylikka berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Taxtaqoracha dovonida yuk mashinasi pastlikka qulab, yonib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi kabinadan sakrab tushishga muvaffaq bo‘lgan.
Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlarining 2 nafar hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ulardan biri 1,7 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditni o‘zlashtirgani, ikkinchisi esa auksionga chiqib ketgan yer maydonini fuqaroga qoldirib berish evaziga 500 dollar olgani aytilmoqda.
Qarshi tumanida Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida pastlikka tushib ketdi. Og‘ir tan jarohatlari olgan mashina yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting