Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Tashrif davomida sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahallalarda bo‘lish rejalashtirilgan.

Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakunigacha va kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ko‘zda tutilgan.