O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24−25-oktabr kunlari amalga oshirilgan tashrifidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining ikki tumanida hokimlar almashtirildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Zoir Xalilovovich Aliqulov Qarshi tumaniga hokim etib tayinlandi. Bungacha u 2016-yil sentabridan yetti yil davomida Dehqonobod tumanini boshqargan.
Zoir Aliqulov 1979-yilda Qarshida tug‘ilgan. Ichki ishlar vazirligi akademiyasini (shu jumladan, magistratura va Oliy akademik kurslarni) tamomlagan.
Ungacha Qashqadaryo IIB Patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshыarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2019-yilda prezident tomonidan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Behzojon Yusupov 2022-yil fevralidan buyon Qarshi tumanining avvalgi hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
2020-yil noyabr oyidan buyon Shahrisabz shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sulaymonov Akrom Isomiddinovich Dehqonobod tumani hokimi etib tayinlandi.
1969-yilda Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida tug‘ilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
U avval “O‘zmeliomashlizing” DUK ijrochi direktori lavozimida ishlagan.