«qashqadaryo viloyati» tegli maqolalar


«Hujjatlari bo‘lmagan». Qashqadaryo hokimiyati Kattaqo‘rg‘on hokimi shikoyatiga javob berdi
4 yanvar 2022, 14:12

«Hujjatlari bo‘lmagan». Qashqadaryo hokimiyati Kattaqo‘rg‘on hokimi shikoyatiga javob berdi

Qashqadaryo viloyati hokimiyati Samarqand viloyatiga olib ketilayotgan chigit mahsulotlari ortilgan uchta yuk mashinasi tegishli hujjatlari bo‘lmaganligi uchun to‘xtatib qolinganini ma’lum qildi. Avvalroq, Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova shikoyat qilib, Qashqadaryo hokimining og‘zaki topshirig‘i bilan viloyatlar chegarasida chigit ushlab turilganini ta’kidlagandi.

Kattaqo‘rg‘on hokimi Qashqadaryo hokimi ustidan shikoyat qildi
3 yanvar 2022, 23:22

Kattaqo‘rg‘on hokimi Qashqadaryo hokimi ustidan shikoyat qildi

Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova Qashqadaryodan Samarqand viloyatiga chigitni olib o‘tishni guyoki taqiqlash to‘g‘risida og‘zaki ko‘rsatma bergani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ustidan shikoyat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyat rahbari uning SMS xabarlariga javob bermagan hamda uning to‘rt kun davomida yukni o‘tkazish masalasini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari zoye ketgan.

Qashqadaryoda hokim yordamchilari dam olish kunlari ishga chaqirilgani aytilmoqda
3 yanvar 2022, 22:01

Qashqadaryoda hokim yordamchilari dam olish kunlari ishga chaqirilgani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev 4 yanvargacha barcha xodimlar uchun dam olish kuni etib belgilanganiga qaramasdan, yanvar boshidan viloyatdagi hokim yordamchilarini ishga chaqirib olgani aytilmoqda. «1 yanvardan hamma mahallada ish boshlashi kerak», — deb yozgan u ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratda. Nodir Erkayev 3 yanvar kuni hokim yordamchilari bilan Qamashi tumanidagi mahallalarga ham borgan.

Qashqadaryodagi avariyada 5 kishi halok bo‘ldi
3 yanvar 2022, 15:46

Qashqadaryodagi avariyada 5 kishi halok bo‘ldi

1 yanvar kuni soat 13:00 larda Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 «Termiz-Toshkent» avtomobil yo‘lida Cobalt mashinasi beton to‘siqqa urilgan. YTH oqibatida haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi vafot etgan.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi «Uzbekistan GTL» zavodining ochilish marosimida qatnashdi
25 dekabr 2021, 16:58

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi «Uzbekistan GTL» zavodining ochilish marosimida qatnashdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha «Uzbekistan GTL» zavodining ochilish marosimida qatnashdi va nutq so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, majmuada ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga yiliga 500 mln dollarlik import o‘rni qoplanib, 200 mln dollarlik eksport va 2 trln so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,42 mlrd dollarni tashkil etadi.

Toshkentda qariyb 5 ming yevrolik soxta tangalar muomalaga kiritilgani aniqlandi
20 dekabr 2021, 11:04

Toshkentda qariyb 5 ming yevrolik soxta tangalar muomalaga kiritilgani aniqlandi

Poytaxtning Mirobod tumanida 4940 yevro miqdoridagi 2470 dona 2 yevrolik tanga bank orqali almashtirilgani, bank xodimlari esa ularni tekshirmasdan qabul qilib olgani aniqlandi. Qashqadaryoda esa 2 bosh qo‘y evaziga berilgan pullarning 20 donasi soxta 100 minglik kupyura ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi
15 dekabr 2021, 12:07

Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi

Chiroqchi tumandagi Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer ostidan olov va tutun chiqayotgani haqidagi xabarlarga Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu holat yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida yuzaga kelgan. Holat geologlar yordamida o‘rganilmoqda.

Qashqadaryoda 1,5 mln so‘m pora olgan sport maktabi direktori 5 yilga qamaldi
29 noyabr 2021, 10:43

Qashqadaryoda 1,5 mln so‘m pora olgan sport maktabi direktori 5 yilga qamaldi

Kitob tumanidagi 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi endilikdagi sobiq direktori boshqa bir fuqarodan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,5 mln so‘m pora olgan vaqtida qo‘lga olingan. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

“Hokim buva, svetni yoqing, biz sovqotyapmiz”. Uyida chiroq o‘chgan qashqadaryolik bola mas’ullarga murojaat yo‘lladi
22 noyabr 2021, 17:26 1

“Hokim buva, svetni yoqing, biz sovqotyapmiz”. Uyida chiroq o‘chgan qashqadaryolik bola mas’ullarga murojaat yo‘lladi

Yakkabog‘ tumanida yashovchi 5 yoshli bola uyida chiroq soatlab o‘chayotgani bois mas’ullarga murojaat yo‘lladi. Qashqadaryo “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bir qator hududlarda “ta'mirlash ishlari olib borilishi sabab elektr ta’minotida uzilish bo‘lishini” ma’lum qilmoqda.

Qashqadaryoda bayroq o‘rnatilishi yana to‘xtatildi, mablag‘lar yo‘llar ta’miriga yo‘naltiriladi
22 noyabr 2021, 12:59

Qashqadaryoda bayroq o‘rnatilishi yana to‘xtatildi, mablag‘lar yo‘llar ta’miriga yo‘naltiriladi

Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi ulkan bayroq uchun 300 mln so‘m ajratish bo‘yicha qaror chiqardi. Keyinroq viloyat hokimi bunga e’tibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda bayroq ustunini qurishni bekor qildi. Mablag‘lar yo‘l ta’miriga va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. Aprel oyida ham viloyatning sobiq hokimi Zoyir Mirzayev 1 mlrd 350 mln so‘mlik bayroq qurilishini to‘xtatgan edi.

Qashqadaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18 noyabr 2021, 15:30

Qashqadaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi
18 noyabr 2021, 11:40

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi

Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murotjon Azimov viloyat hokimi v.b. etib tayinlandi. Zoyir Mirzayev boshqa viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda
18 noyabr 2021, 11:07

Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishdan olinishi kutilmoqda. Uning o‘rniga Bojxona qo‘mitasi raisi Murot Azimov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.

Qashqadaryoda chigirtkadan eksportbop un ishlab chiqariladi
15 noyabr 2021, 11:47

Qashqadaryoda chigirtkadan eksportbop un ishlab chiqariladi

Nishon tumanida chigirtkadan parhezbop un tayyorlash loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha qiymati 4,1 mlrd so‘m bo‘lib, yillik quvvati 80 tonna chigirtka uni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Uning har kilosi 3,7 dollardan sotish ko‘zda tutilgan. Chigirtkalarni dalalardan yig‘ib olish uchun esa aholi vakillari jalb qilinadi.

Qashqadaryoda rasman «o‘lgan» fuqaro notarius va shahar prokurorini obro‘sizlantirishda ayblanmoqda
11 noyabr 2021, 14:21

Qashqadaryoda rasman «o‘lgan» fuqaro notarius va shahar prokurorini obro‘sizlantirishda ayblanmoqda

Qarshi shahrida 23 yil ilgari hujjatlarda «o‘lgan» Anvar Javharov notarius hamda shahar prokurorini obro‘sizlantirish va ularga tuhmat qilishda ayblanib, sud qilinmoqda. Ayblanuvchi «faqat va faqat o‘zining tirikligini isbotlashga» uringani, uning turmush o‘rtog‘i hujjatlarni soxtalashtirib, uyini sotib yuborganini aytmoqda.

Farg‘ona va Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
5 noyabr 2021, 21:06

Farg‘ona va Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida Nexia-2 qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida “Vaz-2105” to‘qnashdi. YTH natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Qashqadaryoda YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi.

Qashqadaryodagi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i singlisiga tegishli fermer xo‘jaligiga gul ko‘chat buyurtma qildi
2 noyabr 2021, 17:17

Qashqadaryodagi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i singlisiga tegishli fermer xo‘jaligiga gul ko‘chat buyurtma qildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i singlisi rahbarligidagi fermer xo‘jaligiga gul ko‘chati buyurtma qilish bahonasida 149 mln so‘m pul o‘tkazib, o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi prokuratura jinoiy ish ochgani haqida xabar berdi.

Qashqadaryoda «Jihodchilar» oqimiga a’zolikda gumonlangan 12 nafar shaxs qo‘lga olindi
31 oktabr 2021, 13:44

Qashqadaryoda «Jihodchilar» oqimiga a’zolikda gumonlangan 12 nafar shaxs qo‘lga olindi

DXX Qashqadaryo viloyatida «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari sifatida gumonlanayotgan 12 kishini qo‘lga oldi. Ularning orasida mahalla raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor ham bor. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
26 oktabr 2021, 16:15

Qashqadaryoda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Qamashi tumanida Nexia avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Oqibatda 3 kishi vafot etgan, yana bir nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Qashqadaryoda o‘tgan 9 oyda YTHlar oqibatida 181 kishi vafot etgan
14 oktabr 2021, 11:11

Qashqadaryoda o‘tgan 9 oyda YTHlar oqibatida 181 kishi vafot etgan

Qashqadaryoda 9 oyda sodir bo‘lgan 369 ta YTH oqibatida 181 kishi vafot etgan. Shundan 31 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. Hududlar kesimida eng ko‘p YTHlar Qarshi shahri hamda Chiroqchi va Qarshi tumanlarida sodir bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting