Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida bir erkak baliq ovlash chog‘ida cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Uning ma’lum qilishicha, 7-oktabr kuni “Yuqori obron” mahallasida yashovchi fuqaro Pamuk qishlog‘ida joylashgan “Sechanko‘l” sun’iy suv havzasiga o‘rtog‘i bilan baliq ovlash uchun borib, ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.

Tergov harakatlari va qidiruv ishlari davomida 10-oktabr kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan suv omboridan erkakning jasadi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.