Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Qizil kitobga kiritilgan 753 tup tojik kavragi o‘simligiga zarar yetkazildi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat tezkor reyd davomida aniqlangan.

“Sebatli” massivi hududida tadbirkorlik subyekti 753 tup tojik kavragi o‘simligiga zarar yetkazgan. O‘simlikning ildiz qismlari kovlanib, kesilgan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga jami 372 mln 735 ming so‘m zarar yetkazilgan. Hozirda tegishli hujjatlar to‘planib, prokuraturaga yuborildi.

”дарахт

”дарахт

”дарахт