Qashqadaryoda fuqaro XVIII asrga taalluqli «Kunjutlitepa» arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib tashlab, undan chiqqan tuproqni sotib yuborgani aniqlandi. Buning oqibatida madaniy merosga 47,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor hibsga olindi.
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Qarshi Leather zavodi ekologiyani ifloslantirgani uchun bir necha bor ogohlantirilgani, mart oyida faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi. Avvalroq atrofga badbo‘y hid taratayotgan ushbu zavod oldida fuqaro o‘zini yoqib yuborgan edi.
Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Salom Samadov Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. U avval ham mazkur lavozimda faoliyat olib borgan.
Muborak tumanida korxona rahbari va boshqalar tomonidan piyodalar va velosiped yo‘laklari qurish uchun ajratilgan 1,1 mlrd so‘m pul mablag‘lari talon-toroj qilingani aytilmoqda.
Qashqadaryoda davlat organiga tegishli xizmat mashinasini davlat raqamisiz boshqargan haydovchi jarimaga tortildi. Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Qashqadaryoda ayol o‘zining eri va uning qarindoshlari tomonidan kaltaklandi. Viloyat IIB bunga ayol boshqa fuqaro bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgani sabab bo‘lganini aytmoqda. Ayolni bog‘lab qo‘yib, sochini kesib, kaltaklagani va qamchi bilan muttasil urgani uchun gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryoda harbiy xizmat vaqtida vafot etgan 18 yoshli Ruslan Qidiraliyevning o‘limi yuzasidan shifokorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi va marhumning o‘limiga rostdan ham «surunkali yurak ishemik kasalligi» sabab bo‘lgani yoki yo‘qligi tekshiriladi.
Qashqadaryoda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan 18 yoshli Ruslan Qidiraliyev vafot etdi. O‘limga «surunkali yurak ishemik kasalligi» sabab bo‘lgani aytilmoqda. Biroq yaqinlari bunga ishonayotgani yo‘q va uning kaltaklanganini da’vo qilishmoqda. Harbiy prokuratura tergovni boshladi.
Qashqadaryoning Qarshi shahri va Chiroqchi tumanidan 3 ta avtomobilda poytaxtga sifatsiz go‘sht mahsulotlari olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Shahar veterinariya boshqarmasi 700 kg go‘sht og‘ir kasalliklarga chalingani uchun so‘yilgan hayvonlarga tegishli ekanligini aniqladi. Go‘shtlarni olib kelayotgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Shavkat Mirziyoyev yangi Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda insonlar farovonligi va ertangi kunga ishonch o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapirdi. Hokimlarga murojaat qilib: «Qo‘lingdan hech narsa kelmasa, odamlarga hech bo‘lmaganda 100 ta tovuq ber… Olti oy ichida u bilan gaplash. Ularning dunyoqarashi o‘zgaradi». Shuningdek, u hamma ham hokim bo‘la olmasligini, ularni tarbiyalash kerakligini, bu oson emasligini ta’kidladi.
2021 yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Murotjon Azimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21−22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga safar qiladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Utkirjon Qodirov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Baxrom Yusupovning o‘rnini egalladi.
Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Alisher Qodirov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida mast holda janjal ko‘targani uchun IIBga olib ketilgan 37 yoshli erkak oradan 4−5 soat o‘tib o‘lik holda uyiga qaytarilgani aytilmoqda. Tuman hokimligi uning RSHTTYOIM Qarshi filialida olamdan o‘tganini ma’lum qildi. Viloyat prokuraturasi surishtiruv olib bormoqda.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 23-sonli maktab hududida noqonuniy ravishda 7 tup qayrag‘och daraxti kesilganligi aniqlandi. Huquqbuzarlar 2,7 mln so‘m jarimaga tortildi, qolaversa, 592 ming so‘mlik zarar ham qo‘llanildi.
Juma kuni Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIB boshlig‘i protsessual tartibda hibsga olindi. U 50 ming dollar pora bilan ushlangani aytilgan Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosariga sheriklikda gumonlanmoqda. Bundan tashqari, Muborak tuman IIB xodimlari 3ta o‘g‘rilik, 3ta bezorilik, bittadan talonchilik va firibgarlik jinoyatini yashirgani hamda OAVda yolg‘on axborot tarqatgani aniqlandi.
Qashqadaryoda tuman markaziy poliklinikasi bosh shifokori tibbiyot birlashmasiga qarashli avtoturargoh hududidan 20 sotix yer ajratish evaziga 2000 dollar so‘raganlikda gumon qilinmoqda. U shundan 500 dollar va 10 mln so‘mni o‘z xizmat xonasida olayotganda ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari fuqaroga 1000 gektar yerni ajratishga va’da berib, buning evaziga 80 ming dollar so‘raganligi aytildi. Hokim o‘rinbosari kelishilgan mablag‘dan 50 ming dollarni olgan vaqtda ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Turizm va sport vazirligi Qamashi tumanida «Maydanak» turistik-rekreatsion zonasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Maydanak archazorlarida o‘tov, «camping», «glamping», eko-uylar, yengil konstruksiyali konteynerlar joylashtirish, ekstremal turizmni rivojlantirish, osma dor yo‘lini qurish, qolaversa, yaqin hududdagi qishloqlarda 100 dan ortiq mehmon uyini barpo etish imkoniyati o‘rganilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting