Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan hokim o‘rinbosari va transport boshqarmasi boshlig‘i qo‘lga olindi, deb xabar qildi DXX matbuot xizmati.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokimi o‘rinbosari “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida plyonka mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonani mahalliy fermerlarga plyonka yetkazib beruvchi qilib belgilash evaziga 5 ming dollar talab qilgan.

U so‘ralgan puldan 15 million so‘m olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshirish davomida u yordami uchun avvalroq 10 million so‘m olgani ma’lum bo‘ldi.

Davlat xavfsizlik xizmatining qayd etishicha, u muqaddam Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan sudlangan.

Huquq-tartibot idoralari Andijonda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya rahbarini ham qo‘lga oldi.

андижон viloyati, кўкдала tumani, қашqadarё viloyati, коррuпция

Ma’lum bo‘lishicha, u fuqaroga yuqori martabali tanishlari orqali uning nomiga shirkat tashkil etish va “Eski shahar — Oltinko‘l” yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘lishni va’da qilgan.

Buning uchun u 7500 dollar talab qilgan va bu pulni olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida ushbu ishga Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchining aloqadorligini aniqlab, uni qo‘lga oldi. Qayd etilishicha, u avval ham sudlangan.