6 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Andijon tumani «Gumbaz» MFYdagi uchta xonadonda portlash yuz berganligi haqida xabarlar tarqaldi. FVV ushbu ma’lumotni rad etdi.

Qayd etilishicha, mahalladagi birgina xonadonning o‘zida yong‘in kelib chiqqan.

Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari hamda 2 ta yong‘inga qarshi ekipaji soat 14:32 da yetib borgan. Yong‘in soat 14:35 da qurshab olinib, 14:50 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Xonadonning 50 kv. metr maydoni yonib zararlangani aytilmoqda.