FVV qutqaruvchilari tomonidan Sergeli tumanida kanalga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 12 yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumani «Xonobod tepa» MFY Qipchoq ko‘chasidan oqib o‘tuvchi «Qipchoq» kanaliga Cobalt avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, tushib ketgani to‘g‘risida tuman FV xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra aytilgan manzilga bitta qutqaruv ekipaji yetib borgan, maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.