O‘zbekiston FVV bo‘linmalari xodimlari Turkiyaga yetib bordi. O‘zA xabariga ko‘ra, ular 8 fevral soat 08:00 holatiga ko‘ra, vayronalar ostidan turli tan jarohatlari olgan 9 kishini qutqarib oldi.

Chiqarib olinganlarning 5 nafari erkak va 4 nafari ayol. Bundan tashqari, 12 kishining jasadi olib chiqildi. Jarayon davomida 132 metr kvadrat maydonda 430 metr kub vayronalar tozalandi.