Farg‘ona shahrida ikki kishini tom bosib qoldi, deya xabar qilmoqda FVV axborot xizmati.

20-aprel kuni soat 19:18 da Farg‘ona shahar “Simtepa” MFY, Hidoyat ko‘chasi joylashgan xonadonlarning birida ta’mirlash ishlari uchun kelgan mavsumiy 2 nafar ishchilarni o‘z ehtiyotsizligi sababli yashash uyini tom qismi qulab tushishi oqibatida bosib qolgan.

Voqea joyiga viloyat FVB qutqaruvchilari yetib borib, ushbu fuqarolarni hayotini saqlab qolgan va tez tibbiy yordam xodimlari orqali shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Hozirda ushbu fuqarolarning ahvoli yaxshiligi, tez orada o‘z uylariga javob berilishi ma’lum qilingan.