30-mart kuni 14:04 atrofida Toshkent shahar Shayxontoxur tumanidagi plastmassa maxsulotlarini saqlash omborida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:06 da yetib borib, yong‘in soat 14:51 da qurshab olingan va soat 15:23 da bartaraf etilgan. Uning oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.