6-aprel kuni soat 11:10 da Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga o‘tuvchi 259-kilometrida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Faqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

To‘qnashuv oqibatida lak-bo‘yoq mahsulotlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan. FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borib, 25 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

O‘chirish vaqtida dovonning bir tomoni vaqtincha yopilgan. Soat 12:30 da transport harakati tiklangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida 6 kishi jabrlangan.