Anomal sovuq va kuchli qor yog‘ishi munosabati bilan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirliklari fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Qorlar erishi va tomlardan sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa, binolardan uzoqroq yurish tavsiya etildi. Shuningdek,

  • binodan chiqayotganda, tomlarda qor massalari, sumalaklar va muzlarning to‘planishi, ularning tushishi mumkin bo‘lgan joylarni chetlab o‘tishga e’tibor berish;
  • qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tomlari baland uylarga yaqinlashmaslik va bolalarning bunday joylarda o‘ynashi va bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • agarda xavfli joyda panjarasi, ogohlantiruvchi belgilari mavjud bo‘lsa, ulardan o‘tishga urinmaslik, xavfli joyni boshqa yo‘l bilan aylanib o‘tish;
  • quloqchin taqqan holda ko‘chada yurmaslik (yo‘qsa, tomdan tushayotgan qor massalari shovqinini eshitmaslik mumkin);
  • piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanayotganda, yuqori qavatlarda shubhali shovqin eshitilsa, to‘xtamaslik, boshni ko‘tarib, u yerda nima bo‘lganini o‘ylab ko‘rish (qor massalari yoki sumalak va muzlar tushayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda qochib ketib bo‘lmaydi, imkon qadar tezroq bino devoriga yopishish kerak, bu xavfsiz bo‘lishga xizmat qiladi);
  • avtotransport vositalarini tomi baland binolar yoki tepasida qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lgan inshootlar yaqiniga qo‘ymaslik;
  • agar odam tomdan tushgan qor massalari, sumalak va muzlar tufayli jarohatlansa, darhol tez yordam chaqirish kerakligi ta’kidlanidi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘p kvartirali uylar boshqaruvchi tashkilotlari xodimlarini keng jalb qilgan holda ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari hamda ularga tutash hududlarni qor va muzdan tozalash yuzasidan ishlar, shuningdek, muz bo‘laklari va yiqilgan daraxt hamda ko‘chatlarni olib tashlash ishlari amalga oshirilmoqda.