Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 7 yanvar kuni savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

Soat 05:20 da «Degrezon» MFY Degrezon ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar tushgan. Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 05:23 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:45 da qurshab olingan va soat 07:50 da to‘liq bartaraf etildi.

бухоро, yong‘in, фвв
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, majmuaning taxminan 250 kvadrat metr maydonda ichki qismi va maxsulotlari yongan. Yong‘in oqibatida fuqarolar jarohat olmagan va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.