23 mart kuni Qamchiq dovonida yuk mashinasining kabina qismida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, soat 16:55 da «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga A-373 avtomobil yo‘lining 255-kilometrda Vodiy-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan, kalava ip ortilgan IVEKO yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Hodisaga yuk mashinasining kabina qismidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

«Zudlik bilan aytilgan manzilga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan», — deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.