Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari vayronalar ostidan yana 2 kishini tirik va 5 nafar halok bo‘lganlarni olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Qutqaruv ishlari boshlangandan buyon o‘zbekistonliklar 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqildi.

9 fevral kuni ertalab O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari ishlayotgan Hatay viloyatiga gumanitar yordam yuklangan yana bir samolyot yetib bordi. Tabiiy ofat hududiga O‘zbekiston Mudofaa vazirligining tibbiyot xodimlari, dori-darmonlar, birlamchi zarur vositalar va maxsus texnikalar yetkazildi.