Jamiyat

Farg‘ona viloyatida 2−3 balli zilzila sodir bo‘ldi
18 iyul 2023, 09:01

Farg‘ona viloyatida 2−3 balli zilzila sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu shaharga yaqin boshqa hududlarga 2−3 ball ko‘rinishida sezildi.

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Makkada YTHga uchragan
18 iyul 2023, 06:00

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Makkada YTHga uchragan

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Makka shahrida avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Buni tasdiqlagan imomning farzandi videomurojaat yo‘llab, otasini mashina turtib yuborgani, hozir uning ahvoli yaxshi ekani va har bir muolaja bepul amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

17-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
17 iyul 2023, 22:00

17-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Jizzaxda YTH sabab vafot etgan ikki futzalchi, Toshkentda TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urilgan Nexia-3, Gruziya portida logistika markazi ochishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston, iyun oyida inflyatsiya minimal darajaga yetgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

“Eski” O‘zbekiston qoldiqlari. Fotoreportaj
17 iyul 2023, 19:41

“Eski” O‘zbekiston qoldiqlari. Fotoreportaj

Biz “Yangi O‘zbekiston” tomon shiddat bilan ildamlab ketmoqdamiz. Biroq bizni hamon “eski”sining qoldiqlari qurshab turibdi. Shiorlar, temir panjaralar, archalar, valyuta ayirboshlovchilar, “gazondan yurmang belgilari” va boshqa qoldiqlar — “Gazeta.uz” fotoreportajida.

Click Up ilovasida yangi “Mening avto” bo‘limi paydo bo‘ldi
17 iyul 2023, 19:00

Click Up ilovasida yangi “Mening avto” bo‘limi paydo bo‘ldi

Endi Click Up ilovasining “Mening avto” bo‘limida 15% gacha keshbek bilan sug‘urtani rasmiylashtirish va avtomobil haqidagi barcha ma’lumotlarni qo‘l ostida saqlash mumkin.

Toshkent aeroportida yo‘lovchilar va xodimlarni haqorat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi
17 iyul 2023, 18:00

Toshkent aeroportida yo‘lovchilar va xodimlarni haqorat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi

Mast holatda aeroport xodimlari va yo‘lovchilarni haqorat qilgan erkak Toshkent−Moskva reysida uchmaydigan bo‘ldi va 10 sutkaga qamaldi. Aniqlanishicha, u uch hafta oldin shu holatda bo‘lgani uchun besh kunga hibsga olingan bo‘lgan.

Jizzaxda ikki futzalchi YTH oqibatida vafot etdi
17 iyul 2023, 17:56

Jizzaxda ikki futzalchi YTH oqibatida vafot etdi

Jizzaxda ikki o‘zbekistonlik futzalchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
17 iyul 2023, 15:40

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Toshkent viloyat sudi jihod va hijratga da’vat qiluvchi diniy mazmundagi nashidalarni 10 kishilik Telegram-guruhga yuborgani uchun 3 yilga qamalgan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

Toshkentda Nexia-3 TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urildi
17 iyul 2023, 15:18

Toshkentda Nexia-3 TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urildi

Dushanba tongida Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 TAPOiCh ko‘prikdagi beton to‘siqqa urildi. Voqeaga 21 yoshli fuqaroning boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Ikki yil avval ko‘prikdan Matiz ham qulab tushgandi.

Qashqadaryoda tadbirkor Qizil kitobga kirgan 753 tup o‘simlikka zarar yetkazdi
17 iyul 2023, 11:49

Qashqadaryoda tadbirkor Qizil kitobga kirgan 753 tup o‘simlikka zarar yetkazdi

Dehqonobod tumanida Qizil kitobga kiritilgan 753 tup tojik kavragining ildizi kovlanib, kesib tashlandi. O‘simlik dunyosiga jami 372 mln 735 ming so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Hafta davomida harorat pasayib boradi
17 iyul 2023, 11:17

Hafta davomida harorat pasayib boradi

O‘zbekistonda hafta boshi biroz issiq — kunduz kunlari +35…+40 daraja, janubda +42…+44 daraja bo‘ladi. Hafta o‘rtasidan harorat foni +33…+38 darajagacha pasayishi, asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘onada to‘rt erkak bir ayolni do‘pposlab, zo‘rlagani aytilmoqda
16 iyul 2023, 16:17

Farg‘onada to‘rt erkak bir ayolni do‘pposlab, zo‘rlagani aytilmoqda

Beshariq tumanida to‘rt erkak oilali, ikki farzandi bor ayolni zo‘rlagani aytilgan video tarmoqlarda tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat to‘rt oy oldin sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Gumonlanuvchilar ushlangan.

Buxoroda brakoner ekologiya inspektoriga o‘q uzdi
16 iyul 2023, 13:13

Buxoroda brakoner ekologiya inspektoriga o‘q uzdi

Qorovulbozor tumanida reyd o‘tkazayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi. Unga hududda noqonuniy ov qilayotgan brakoner o‘q uzdi. Hozirda inspektorning ahvoli yaxshi, brakonerlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qo‘qonda birinchi “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tdi
16 iyul 2023, 12:04

Qo‘qonda birinchi “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tdi

11−15-iyul kunlari Qo‘qonda birinchi “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” o‘tkazildi. Unda Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan yoshlar qatnashdi. Festival doirasida sport musobaqalari, mahorat darslari, B2B uchrashuvlar, davra suhbatlari va diqqatga sazovor joylarga sayohatlar tashkil etildi.

Jizzaxda Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida haydovchilar vafot etdi
16 iyul 2023, 10:33

Jizzaxda Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida haydovchilar vafot etdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida ikki haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Mashinalarda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

“Kimgadir tegishli tizimni moliyalashtirish degan talqin noo‘rin”. Poytaxt hokimligi — “Paxtakor”ga 7 mlrd co‘m ajratilishi haqida
15 iyul 2023, 16:16

“Kimgadir tegishli tizimni moliyalashtirish degan talqin noo‘rin”. Poytaxt hokimligi — “Paxtakor”ga 7 mlrd co‘m ajratilishi haqida

Toshkent shahar hokimi qarori bilan “Paxtakor” futbol klubiga poytaxt budjetidan 7 mlrd so‘m ajratish belgilandi. Qaror jamoatchilik noroziligiga uchradi. Shundan so‘ng hokimlik qaror bo‘yicha izoh berdi.

Novvoy, naqqosh, go‘sht kesuvchi. 18 yoshga to‘lmaganlar faoliyati taqiqlangan ishlar ro‘yxati tasdiqlandi
15 iyul 2023, 13:29

Novvoy, naqqosh, go‘sht kesuvchi. 18 yoshga to‘lmaganlar faoliyati taqiqlangan ishlar ro‘yxati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnati taqiqlangan ishlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatda novvoy, xamir qoruvchi, muzqaymoq tayyorlovchi, tibbiy mahsulotlarini taxlovchi kabi ishlar o‘rin olgan.

Respublikaning 4 ta viloyatida “103 Med-data” avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etildi
15 iyul 2023, 12:12

Respublikaning 4 ta viloyatida “103 Med-data” avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etildi

“Tez yordam”ning Andijon, Samarqand, Jizzax va Surxondaryo filialida “103 Med-data” avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etildi. Tizim tez yordam mashinalarini boshqarishni monitoring qilish, dispetcherlik xizmatini real vaqtda boshqarish, ma’lumotnoma hamda hisobotlarni avtomatik yaratish imkonini beradi.

Nima o‘qiymiz? Jurnalist Sarvar Usmon tavsiya qiladi
15 iyul 2023, 11:59

Nima o‘qiymiz? Jurnalist Sarvar Usmon tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan maydonlar yoqib yuborilishi sabab jami 106 mln so‘mlik zarar yetkazildi
15 iyul 2023, 11:38

Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan maydonlar yoqib yuborilishi sabab jami 106 mln so‘mlik zarar yetkazildi

Qumqo‘rg‘on tumanida bir qancha fermer xo‘jaliklari g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborgani aniqlandi. Buning oqibatida tuproq unumdorligiga jami 106 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. Yetkazilgan zarar huquqbuzarlardan undirilishi qayd etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting