Jamiyat

Turkiya va Hindistonga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda
8 may 2021, 15:36

Turkiya va Hindistonga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda

10 maydan boshlab O‘zbekistondan Turkiya va Hindistonga aviaqatnovlar uchun cheklovlar joriy etildi. Ushbu mamlakatlarga faqat ish, o‘qish yoki davolanish yuzasidan ketayotganlar, shuningdek diplomatlar va chet ellik mutaxassislar uchishlari mumkin. Aviachiptalar faqat maxsus komissiyaning ruxsati bilan yoki ketish uchun tasdiqlangan sabab bo‘lsa sotiladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Qozog‘iston va Rossiyaga temir yo‘l qatnovini tiklashi mumkin
8 may 2021, 13:23

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Qozog‘iston va Rossiyaga temir yo‘l qatnovini tiklashi mumkin

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan xalqaro temir yo‘l qatnovlarini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha Qozog‘iston va Rossiya temir yo‘l ma’muriyatlariga murojaat yuborildi.

Toshkentda Xristian dini tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
8 may 2021, 12:48

Toshkentda Xristian dini tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Toshkentda 11 may kuni Xristian dini «Ota-onalarni xotirlash» tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Hayit bayramiga nimalar tayyorlaymiz
8 may 2021, 12:02

Hayit bayramiga nimalar tayyorlaymiz

Zira.uz bayramlarga oldindan tayyorlanishni taklif qiladi va Hayit bayrami uchun mazali va g‘ayrioddiy chiroyli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Metroning halqa yo‘nalishidagi «7-bekat» stansiyasida elektr o‘chib qoldi
8 may 2021, 01:09

Metroning halqa yo‘nalishidagi «7-bekat» stansiyasida elektr o‘chib qoldi

Metroning halqa yo‘nalishidagi «7-bekat» stansiyasida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatildi. Hodisa poyezdlar harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan.

Toshkentda avtobus va Matiz ishtirokidagi YTH oqibatida 4 kishi jarohatlandi
7 may 2021, 18:17

Toshkentda avtobus va Matiz ishtirokidagi YTH oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Toshkent shahrida Matiz avtomobili «Isuzu» rusumli avtobus bilan YTH sodir etdi. Oqibatda avtobus muvozanatni yo‘qotib, ag‘darilgan. Hodisa sababli avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgan.

Surxondaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi
7 may 2021, 16:43

Surxondaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida Damas rusumli avtomashina 3 nafar fuqaroni urib yuborishi natijasida ulardan 2 nafari shifoxonada vafot etdi.

Yunusoboddagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqdi
7 may 2021, 15:48

Yunusoboddagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqdi

Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning xonadon balkonidagi uy jihozlarida yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda uyning uyning 10 kv.m maydoni zararlandi. Jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi
7 may 2021, 15:26

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

9 may kuni janubdan bulutli massivlar kirib keladi va respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi 13−18 darajani, kunduzi 25−30 darajani tashkil etadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
7 may 2021, 15:18

Toshkent davlat yuridik universiteti vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti 10 maydan boshlab 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi.

«O‘rmon xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
7 may 2021, 11:55

«O‘rmon xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan «O‘rmon xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mazkur ko‘krak nishoni o‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, o‘rmonlarni muhofaza qilish va ko‘paytirishda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan fuqarolarga beriladi.

Surxondaryoda kuchli yomg‘irlar sel kelishiga olib keldi
7 may 2021, 11:25

Surxondaryoda kuchli yomg‘irlar sel kelishiga olib keldi

6 may kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida hosil bo‘lgan sel oqimlari 340 ta aholi xonadonlari va tomorqasiga kirgan.

Andijonda kuchli sel kelishi oqibatida bir oilaning 2 farzandi oqib ketib vafot etgan
7 may 2021, 10:54

Andijonda kuchli sel kelishi oqibatida bir oilaning 2 farzandi oqib ketib vafot etgan

Andijon viloyati Xonobod shahrida kuchli sel kelishi tufayli 700 ga yaqin xonadonlar zararlandi. Yog‘ingarchilik sababli Qirg‘iz ariq kanalining toshishi oqibatida bir oilaning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari selda oqib ketib, vafot etgan.

COVID-19`ga qarshi 1 milliondan ortiq kishi emlandi
7 may 2021, 10:43

COVID-19`ga qarshi 1 milliondan ortiq kishi emlandi

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1 mln 46 ming 668 nafarga yetdi. Emlanganlarning eng yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

Namanganda sel kelishi oqibatida yo‘llarga zarar yetgan
7 may 2021, 10:43

Namanganda sel kelishi oqibatida yo‘llarga zarar yetgan

Namangan viloyatidagi toshqinlar oqibatida yo‘llarning ayrim qismlari buzilgan. 7 may kuni Toshkent-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 60-sonli poyezd reysi bekor qilingan.

Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov vafot etdi
7 may 2021, 10:19

Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov vafot etdi

Prezident maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Qosimov 64 yoshida vafot etdi.

Namangan viloyatida sel yo‘llarga zarar yetkazdi
7 may 2021, 08:13

Namangan viloyatida sel yo‘llarga zarar yetkazdi

Namangan viloyatida sel kelishi natijasida ayrim yo‘l uchastkalari zarar ko‘rdi. 7 may kuniga belgilangan №60 Toshkent — Andijon poyezdi qatnovi bekor qilindi.

«Hokimlar ham endi chet tilini bilishi kerak» — prezident
6 may 2021, 18:11

«Hokimlar ham endi chet tilini bilishi kerak» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan boshlab davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilish majburiy bo‘lishini ma’lum qildi. Chet tilini yaxshi bilgan xodimlarning ish haqiga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama belgilanadi. Shuningdek, davlat rahbari nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tildagi yangi telekanallarni ishga tushirish va qizlarni chet tillarini o‘rganishga faol jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokor va hamshira mas’uliyatsizligi sabab vafot etdi
6 may 2021, 17:55

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokor va hamshira mas’uliyatsizligi sabab vafot etdi

Baxmal tumani hududida yashovchi ikki nafar homilador ayol to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi, kasalliklar o‘z vaqtida aniqlanmaganligi oqibatida aprel oyida Jizzax viloyat perinatal markazida vafot etgan.

Jismoniy shaxslarga YATT ochib, taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi
6 may 2021, 17:21

Jismoniy shaxslarga YATT ochib, taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi

Eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun boshlang‘ich to‘lov 5 barobarga kamaytirilib 690 ming so‘mni, oylik to‘lov 1,5 barobarga kamayib 425 ming so‘mni tashkil qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting