Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir necha yil davomida “Yangi O‘zbekiston” tomon shiddat bilan harakatlanib boryapmiz. Bu yo‘lni bosib o‘tish oson emas: ko‘plab odatlar va o‘rnashib qolgan qadriyatlardan voz kechib, sxemalarni buzish va tizimni qayta oyoqqa qo‘yishimiz kerak. Ayrim sohalarda vaziyat tubdan o‘zgardi. Qayerdadir avvaliga yaxshilanib, keyin oldingi holatiga qaytildi. Ba’zi joylarda esa deyarli hech qanday o‘zgarish sezilmadi.

O‘nlab yillar davomida o‘rnatilgan narsani bir necha yildayoq o‘zgartirish mushkul. Ammo ilg‘or g‘oyalar va fuqarolar bilan ishonchli muloqotdan qo‘rqmasangiz, mutaxassislar va jamoatchilik bilan muhim qarorlarni muhokama qilsangiz hamda maqomidan qat’i nazar hamma uchun qonun ijrosini ta’minlay olsangiz, jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiladigan kamchilik va salbiy hodisalardan xalos bo‘lish mumkin.

“Gazeta.uz” hamon atrofimizni o‘rab turgan ayrim “eski O‘zbekiston” qoldiqlarini fotoreportajda jamlashga qaror qildi.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

E’tibordan chetda qolishi qiyin bo‘lgan asosiy sarqit — hamma joyda mavjud shiorlardir. “Gazeta.uz” bu haqda “Shiorlar mamlakati” nomli — katta fotoreportajni e’lon qilgandi. Eski shiorlar yangilariga almashtirildi, lekin umuman olganda ularning mohiyati o‘zgarishsiz qoldi.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

Prezident almashganidan keyin tez suratlarda panjalar va to‘siqlardan xalos bo‘lish Toshkent, uning ortidan esa boshqa shaharlarga yangi qiyofa baxsh etdi. Hattoki Mudofaa vazirligi ham panjaralardan voz kechdi. Biroq ayrim ma’muriy binolar, shu jumladan Toshkent shahri va ba’zi bir tuman hokimliklari binolari hanuz o‘tkir uchli temir panjaralar bilan o‘ralgan. Qolaversa, bu huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ham taalluqli.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

2018-yilning boshida foto va video suratga olish bo‘yicha cheklovlarning olib tashlanishi O‘zbekistonni dunyoga ochish yo‘lidagi yutuqlardan biri bo‘ldi. O‘sha yilning yoz faslida Toshkent metrosida ham suratga olishga ruxsat berildi. 2019-yil 1-martgacha foto va videoga olish mumkin bo‘lmagan obyektlar, jamoat joylari va hududlarning ro‘yxatini qabul qilish rejalashtirilgandi. Ushbu ro‘yxat hanuz tasdiqlanmagan. Ayni paytda esa Toshkentda fotosuratchilarga bog‘larda suratga olish taqiqlangan, ularni hududda ishlaydigan fotosuratchilar uchun tahdid deb bilishadi. Metro va boshqa joylarda esa nima sababdan suratga olishayotganini so‘rashlari mumkin.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

Maysazorlarda yurish va dam olish hanuz ko‘plab joylarda taqiqlanganicha qolmoqda, aslida esa ular ajoyib jamoat joyi sifatida xizmat qilishi mumkin. Misol uchun, Tashkent City bog‘ida tashrif buyuruvchilar maysazorga qadam bosishi bilan ular qayerdaliklarini eslatuvchi hushtakni eshitishadi. O‘tgan yili “Gazeta.uz” poytaxtning qaysi joylaridagi maysazorlarda yurish va o‘tirish mumkinligi haqida qo‘llanma tayyorlagandi.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

Hattoki yangi rekonstruksiya qilinayotgan bog‘larda ham maysazorlarni sug‘orish uchun kichik fontanchalar o‘rnatiladi. Ularga yosh bolalar qatorida kattalar ham qoqilib ketishlari mumkin. Ularni deb chim ustida yurish, yugurish yoki o‘tirib hordiq chiqarish imkonsiz. Shu bilan birga, ular yashil hududlar ko‘rkini buzib turibdi. Eng katta muammo esa — suvni isrof qilishdir, butun Toshkent bo‘ylab suvga bo‘kib qolgan maysazorlar, piyodalar yo‘lakchalari va qatnov qismini uchratish mumkin.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

Prezident tanqid qilganiga qaramasdan, amaldorlarning ignabargli daraxtlarga bo‘lgan muhabbati “eski” vaqtlardagidek qolmoqda. Ignabarglilarni nafaqat mamlakat bo‘ylab ommaviy ravishda ekishni davom ettirishmoqda, balki ularning suratlarini qurilish maydonchalarini o‘rab turuvchi bannerlarda ham ishlatishmoqda.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

Har yili daraxtlarni oqlab chiqish tushunarsiz amaliyotchaligicha qolmoqda. Buni qilishga shunchalik o‘rganib qolishganki, hatto hech kim shunga resurslarni sarflash kerakmi, degan savolni ham bermaydi. Ko‘plab bog‘larda esa faqat ko‘cha tomondan ko‘rinadigan daraxtlargina bo‘yab chiqiladi.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

Kutib oluvchilar uchun sharoitlar yo‘qligi — O‘zbekistonning yirik aeroportlari uchun o‘ziga xos jihatdir. Agar Toshkent haqida gapirsak, xalqaro aeroportda odamlar yilning har qanday fasli va vaqtida ochiq osmon ostidagi ayvon (“naves”) tagida turishiga to‘g‘ri keladi. Terminaldan chiqaverish esa ariq va bordyurlar kabi to‘siqlarga liq to‘la. Bahorda terminal oldida kutib oluvchilar uchun ikkita yopiq hudud tashkil etilishi aytilgandi. Biroq bu rejalar amalga oshirilmay qoldi. Mahalliy terminalda esa ayvonlar ham yo‘q — odamlar daraxtlar va sim yog‘ochlar panasida jon saqlashadi. Terminalga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirishi mumkin. Piyodalar yo‘lakchalari ham noqulay.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

Yo‘l harakati xavfsizligi soha — o‘zgarishlar sodir bo‘lmaganlaridan biri hisoblanadi. 2018-yilda “YHXBB kerak emas” nomli maqolamizdan keyin xizmat vakillari “Gazeta.uz” bilan uchrashib, sohada amalga oshirilishi kutilayotgan rejalar haqida so‘zlab berishgandi. Ular orasida chorrahalarga xodimlarni biriktirish o‘rniga ko‘chalarda patrul xizmatini joriy etish ham bor edi. YPX xodimlari o‘zidan 100 metr masofada sodir bo‘layotgan o‘nlab, yuzlab qoidabuzarliklarni “ko‘rmasdan”, hamon chorrahalarda turishda davom etmoqda.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

Umuman olganda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga borasidagi yondashuvlar eskiligicha qolmoqda. Toshkentda nihoyat tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylariga svetoforlar o‘rnatish boshlandi (inson hayoti birinchi o‘rinda turadigan mamlakatlarda tartibga solinmagan o‘tish joylari faqat bitta yo‘lakli yo‘llarda mavjud), biroq hatto markaziy tumanlarda ham svetofor bo‘lmagan piyodalar o‘tish joylari juda ko‘p. Yo‘ldan o‘tish uchun ehtiyoj bo‘lgan ko‘plab hududlarda esa ular shunchaki yo‘q. Amaldorlar hanuz qimmat va noqulay yerusti va yerosti yo‘llarini afzal ko‘rishmoqda. Ommaviy ravishda yo‘l harakati qoidalari buzilishi odatiy holga aylanib bormoqda.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

Bir muncha vaqt noqonuniy avtoturargohlar bilan kurashgandan so‘ng, rasmiylar yana vaziyatni o‘z yo‘liga tashlab qo‘yishdi. Shahar ko‘chalariga yaqin hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar o‘zboshimchalik bilan o‘z mijozlari va xodimlari mashinalari uchun piyodalar yo‘laklarida to‘xtash joylarini tashkil qilmoqda. Ko‘pincha buning uchun daraxtlar va butalar kesib, maysazorlar vayron qilinib, ariqlar ko‘mib tashlanyapti.

sarqitлар, shiorlar mamlakati, eski o‘zбекистон, yangi o‘zбекистон

Vanihoyat, ko‘chalarga qaytgan valyuta ayirboshlovchilar mavzusiga to‘xtalmasdan iloj yo‘q. Ular valyuta bozori liberallashtirilgandan keyin bir muncha vaqt g‘oyib bo‘lishdi, lekin taqiqlar qaytishi ortidan odamlar gavjum joylarda yana erkin ishlay boshlashdi.

Bu “eski” O‘zbekistonning ayrim qoldiqlari, xolos. Siz yana qanday belgilarni payqayapsiz? Izohlarda o‘z fikringiz bilan bo‘lishing.