Hafta davomida harorat pasayib boradi

O‘zbekistonda hafta boshi biroz issiq — kunduz kunlari +35…+40 daraja, janubda +42…+44 daraja bo‘ladi. Hafta o‘rtasidan harorat foni +33…+38 darajagacha pasayishi, asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Iyun oyida O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya minimal darajaga yetdi

O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi iyun oyida minimal darajaga — 12,9 foizga yetdi, bu rasmiy yillik inflyatsiyadan 3,9 foizga yuqori. Narxlar o‘sishi tarmoq va hududlar kesimida, shuningdek, turli daromadga ega aholi guruhlari o‘rtasida qanday qabul qilinayotgani haqida asosiy ma’lumotlar.

Qashqadaryoda tadbirkor Qizil kitobga kirgan 753 tup o‘simlikka zarar yetkazdi

Dehqonobod tumanida Qizil kitobga kiritilgan 753 tup tojik kavragining ildizi kovlanib, kesib tashlandi. O‘simlik dunyosiga jami 372 mln 735 ming so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Toshkent viloyat sudi jihod va hijratga da’vat qiluvchi diniy mazmundagi nashidalarni 10 kishilik Telegram-guruhga yuborgani uchun 3 yilga qamalgan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

O‘zbekistonlik yengil atletikachilar OCHni 4 ta medal bilan yakunladi

O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatini 4 ta medal — 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza bilan yakunladi.

Toshkent aeroportida yo‘lovchilar va xodimlarni haqorat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi

Mast holatda aeroport xodimlari va yo‘lovchilarni haqorat qilgan erkak Toshkent−Moskva reysida uchmaydigan bo‘ldi va 10 sutkaga qamaldi. Aniqlanishicha, u uch hafta oldin shu holatda bo‘lgani uchun besh kunga hibsga olingan bo‘lgan.

Jizzaxda ikki futzalchi YTH oqibatida vafot etdi

Jizzaxda ikki o‘zbekistonlik futzalchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

O‘zbekiston Gruziyaning Poti portida logistika markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda

Bu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni AQSh, Kanada va Yaponiyaga soliq va Gruziyaning ushbu davlatlar bilan GSP+ dasturidan foydalangan xolda bojxona bojisiz re-eksport qilish imkonini beradi.

Toshkentda Nexia-3 TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urildi

Dushanba tongida Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 TAPOiCh ko‘prikdagi beton to‘siqqa urildi. Voqeaga 21 yoshli fuqaroning boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Ikki yil avval ko‘prikdan Matiz ham qulab tushgandi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan fotoreportaj:

“Eski” O‘zbekiston belgilari.

Biz “Yangi O‘zbekiston” tomon shiddat bilan ildamlab ketmoqdamiz. Biroq bizni hamon “eski”sining belgilari qurshab turibdi. Shiorlar, temir panjaralar, archalar, valyuta ayirboshlovchilar, “gazondan yurmang belgilari” va boshqalar — “Gazeta.uz” fotoreportajida.