18-iyul kuni Farg‘ona viloyatining qator tuman va shaharlarida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Soat 08:45 da yuz bergan yer silkinishining epitsentri Quvasoy shahri bo‘lib, zilzila koordinatalari 40,32 gradus shimoliy kenglik; 71,93 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=3,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 251 km janubi-sharqda.

Zilzila Quvasoy shahrida 3 ball, Farg‘ona shahri va tumanida 2−3 ball, Toshloq, Quva tumanlari va Marg‘ilon shahrida 2 balli darajada sezildi.